Farg'onada ITF J100 xalqaro tennis turniri o'tdi
18–23 avgust kunlari Farg'ona shahrida ITF World Tennis Tour Juniors J100 nufuzli xalqaro turniri bo'lib o'tdi. Musobaqada O'zbekiston, Qozog'iston, Tojikiston, Xitoy, Hindiston, Polsha, Rossiya, Belarus va Janubiy Koreyadan kelgan eng iqtidorli yosh tennischilar ishtirok etdi. Turnir O'zbekiston tennis federatsiyasi tashabbusi bilan, Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) homiyligida tashkil etildi.
O'g'il bolalar bahsida rossiyalik Fyodor Altuxov belaruslik Milan Taupenetsni 7–5, 4–6, 7–6(5) hisobida mag'lub etdi. Qizlar o'rtasida esa rossiyalik Aleksandra Malova vatandoshi Aleksandra Cheyshvilini 6–3, 6–1 hisobida yengdi.
O'zbekistonlik Akmal Abdullaev va Danila Kvasov finalda polyak Viktor Yez va xitoylik Kaigaoge Kanga qarshi maydonga chiqib, 6–0, 7–6(5) hisobida mag'lubiyatga uchrashdi. Qizlar bahsida rossiyalik Kseniya Axrameeva – Alyona Xarçenko juftligi qozog'istonlik Albina Kakenova va Satima Toregenni 1–6, 6–4, [10–7] hisobida yengdi.
J100 turnirlari yosh tennischilar uchun ITF Juniors reyting ochkolarini to'plash hamda xalqaro tennisda yangi bosqichga chiqish imkonini yaratadi. O'zbekistonlik sportchilarning finalga qadar yetib borishi milliy tennis salohiyati oshib borayotganini ko'rsatdi va yoshlar sporti rivojida muhim qadam bo'ldi.