locale OZ

Farg‘ona va Toshkent shaharlarida “Young Tennis Stars” dasturi doirasida ATF Kinder Tennis xalqaro seminari o‘tkaziladi

14-may kuni seminar Farg‘ona shahrida bo‘lib o‘tadi.
Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Farg‘ona va Toshkent shaharlarida “Young Tennis Stars” dasturi doirasida ATF Kinder Tennis xalqaro seminari o‘tkaziladi
photo: Tennis Uzbekistan

Osiyo tennis federatsiyasi hamda O‘zbekiston tennis federatsiyasi ko‘magida Farg‘ona va Toshkent shaharlarida yosh tennischilarni rivojlantirishga qaratilgan ATF Kinder Tennis xalqaro seminari tashkil etilmoqda.

14-may kuni seminar Farg‘ona shahrida bo‘lib o‘tadi.

15–16-may kunlari Toshkent shahrida seminar doirasida nazariy va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etiladi. Ishtirokchilar Kinder Tennis dasturi asosida zamonaviy metodikalarni o‘rganish hamda amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

16-may kuni seminar doirasida ota-onalar uchun maxsus ma’ruza bo‘lib o‘tadi. Unda farzandni sportda qo‘llab-quvvatlash, motivatsiya berish va murabbiy bilan samarali hamkorlik qilish masalalari muhokama qilinadi. Shuningdek, “ota-ona va bola” formatida amaliy mashg‘ulot o‘tkaziladi.

Manzil:
Farg‘ona shahri, “Istiqlol” tennis korti, Aeroport ko‘chasi, 2/2
Toshkent shahri, Mirzo-Ulug‘bek tumani, Yalang‘och massivi, 82A, Respublika Olimpiya zaxiralari tennis maktabi filiali “Umid” sport majmuasi

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting