locale OZ

Dushanbeda o‘zbekistonlik tennischilar ikki hafta davomida xalqaro maydonda yorqin o‘yin ko‘rsatdilar

Dong Kim ham muvaffaqiyatli qatnashdi.
Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dushanbeda o‘zbekistonlik tennischilar ikki hafta davomida xalqaro maydonda yorqin o‘yin ko‘rsatdilar
photo: tennis Uzbekistan

Dushanbeda o‘zbekistonlik tennischilar ikki hafta davomida xalqaro maydonda yorqin o‘yin ko‘rsatdilar.

14 yoshli Zlata Nizamiyeva ketma-ket ikki turnirda — ATF Ramis Cup G-2 va President Cup ATF G-1 — “oltin dubl”ni amalga oshirdi. U yakka bahslarning finalida ikki marta turkmanistonlik Nazli Xudayquliyevani 6:3, 6:1 hisobida mag‘lub etdi. Juftlik bahsida esa Nizamiyeva/Xudayquliyeva dueti ketma-ket ikki chempionlikni qo‘lga kiritdi. Umumiy hisobda Zlata atigi ikki haftada to‘rt titulni qo‘lga kiritdi.

Dong Kim ham muvaffaqiyatli qatnashdi. U yakka bahsda ikki marta finalgacha yetib bordi, juftlikda esa qirg‘izistonlik Bakay Aseynov bilan birgalikda ikkala turnirda ham chempion bo‘ldi. Ularning dueti finalda Janubiy Koreya va Saudiya Arabistoni vakillarini mag‘lub etdi.

Dushanbe natijalari:
• Zlata Nizamiyeva — 4 titul (2 yakka, 2 juftlikda);
• Dong Kim — yakka bahs finali + 2 juftlik chempionligi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting