locale OZ

Bu yerda ko‘p bor ko‘nglim qolgan — Sobolenko Uimbldonda g‘olib chiqish orzusi haqida

Uch karra «Katta shlem» chempioni Arina Sobolenko tarixiy sovrin uchun kurashni davom ettirmoqda
Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

«Katta shlem» turnirlari g‘olibasi, dunyoning 1-raqamli tennischisi Arina Sobolenko Uimbldonda g‘olib chiqish — uning orzusi ekanini ta'kidladi.

— O‘ylashimcha, barchamizda bir xil orzu bor — ushbu kubokni qo‘lga kiritish. Bu mening qadimiy orzum. Hozircha unga erisha olmadim. Bu yerda men ko‘p bor ruhiy tushkunlikka tushganman. Shu bois, bir kun kelib bu tuyg‘uni his qilish nasib etadi, degan umiddaman. Va o‘shanda biz bu haqida qayta suhbatlasha olamiz — bu orzumga qanchalik mos kelganini aytaman, — dedi Sobolenko matbuot anjumanida.

2025 yilgi Uimbldon turnirining to‘rtinchi bosqichida Sobolenko belgiya tennischisi Elize Mertensni 6:4, 7:6 (7:4) hisobida mag‘lub etdi. Yarim final yo‘llanmasi uchun u nemis tennischisi Laura Zigemundga qarshi kortga chiqadi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting