Billie Jean King kubogi: O‘zbekiston terma jamoasi guruhni to‘rtinchi o‘rinda yakunladi
Qiyin g‘alaba va kutilgan natija
Rasm: Olamsport.uz
Tennis bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi Billie Jean King kubogining II Osiyo/Okeaniya guruhi bahslari o‘z nihoyasiga yetdi. O‘zbekiston terma jamoasi so‘nggi turda Eron ustidan 2:1 hisobida zafar quchdi.
Yakkalik bahslarida Darya Shubina Yasaman Yazdanini 6/2, 6/4 hisobida mag‘lub etdi, Sabrina Olimjonova esa Meshkatolzakhra Safidan 4/6, 6/4, 3/6 hisobida yutqazdi. Juftlikdagi hal qiluvchi o‘yinda Shubina va Nigina Abdurahimova Eron tennischilariga qarshi 6/2, 6/3 hisobida ustunlik qildi.
Oqgul Omonmurodova sardorligidagi terma jamoamiz musobaqada 4 ta o‘yindan faqat bittasida g‘alaba qozonib, 5 jamoa ichida to‘rtinchi o‘rinni egalladi.
Bakradze Iman
Redaktor