locale OZ

Billie Jean King Cup: O‘zbekiston terma jamoasi Yangi Kaledoniyaga ham yutqazdi

Malayziyadagi musobaqada ayollar terma jamoamiz uchun uchinchi ketma-ket mag‘lubiyat qayd etildi
Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olamsport.uz

Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida ayollar o‘rtasidagi tennis bo‘yicha Billie Jean King kubogi – norasmiy Jahon chempionati qizg‘in pallaga kirdi. Musobaqaning II Osiyo/Okeaniya guruhida ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasi uchun bu galgi bahs ham omadli kechmadi. Yurtdosh tennischilarimiz mitti orol davlati — Yangi Kaledoniya terma jamoasiga mag‘lub bo‘lishdi.

Birinchi uchrashuvda mamlakatimizning uchinchi raqamli tennischisi Darya Shubina reytingga ega bo‘lmagan Violet Apisaxga 6/7(5), 0/6 hisobida yutqazdi. Ikkinchi o‘yinda esa Sabrina Olimjonova yuzini saqlab qoldi — u Karolann Delaunayni 6/2, 6/2 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, hisobni 1:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Hal qiluvchi juftlik bellashuvida Shubina va Nigina Abdurayimova dueti Patrisiya va Violet Apisax juftiga qarshi maydonga tushdi. Teng va dramatik kechgan o‘yinda o‘zbekistonliklar 1/6, 7/6(9), tay-brekda 9:11 hisobida mag‘lubiyatga uchradilar.

Shu tariqa, terma jamoamiz musobaqada ketma-ket uchinchi mag‘lubiyatini qayd etdi. Bundan avval Filippin va Indoneziya terma jamoalariga ham yutqazgan edik.

Endi terma jamoamizni amalda hech narsa hal qilmaydigan so‘nggi bahs — Eron terma jamoasiga qarshi uchrashuv kutmoqda.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting