locale OZ

Australian Open Mariya Sharapovani tug'ilgan kuni bilan samimiy tabrikladi

Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Australian Open Mariya Sharapovani tug'ilgan kuni bilan samimiy tabrikladi
Australian Open Mariya Sharapovani tug'ilgan kuni bilan samimiy tabrikladi

Yilning birinchi "Katta shlem" turniri - Australian Open matbuot xizmati rossiyalik sobiq tennischi, dunyoning eks-birinchi raqamli raketkasi Mariya Sharapova tug'ilgan kuni munosabati bilan arxiv videosini e'lon qildi. 19 aprel kuni Mariya Sharapova 38 yoshni qarshi oldi. Videoda 17 yoshli Mariyaning intervyusi keltirilgan bo'lib, u unda Avstraliyaga bo'lgan muhabbati haqida gapiradi.

Video ostidagi yozuvda shunday deyilgan: «Men Avstraliyani yaxshi ko'raman! Tug'ilgan kuning bilan, Mariya Sharapova!»

Mariya Sharapova 2008 yildagi Avstraliya ochiq chempionati (Australian Open)ning yakka razryaddagi g'olibasi hamda yoshlar o'rtasidagi finalchi hisoblanadi. Uning faoliyati davomida yana to'rtta "Katta shlem" tituli va 2004 yilda yakka razryaddagi WTA Yil yakuni chempionatida g'alaba bor. Shuningdek, u 2008 yilda Federatsiya Kubogi sohibi va 2012 yildagi Olimpiadada yakka razryadda kumush medal sohibasi bo'lgan. 2024 yilda Mariya Sharapova Xalqaro tennis shuhratlar zaliga kiritildi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting