ATP yangi reytingini e'lon qildi: Fomin va Sultanovdan ilgarilash, dunyo kuchli oʻnligida oʻzgarishlar
Tennis boʻyicha Professional Assotsiatsiyasi (ATP) har haftaning yangilangan reytingi e'lon qildi. Oʻzbekistonning birinchi raketkasi Humoyun Sultanov 4 ochko qoʻshib (jami 251 ochko), 6 pogʻonaga ilgʻalab, 223-oʻrinni egalladi. Sergey Fomin esa Antaliyadagi musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, 15 qimmatli ochko orqali 37 pogʻona yuqoriga koʻtarildi va hozirda 463-oʻrinni band qilgan. Maksim Shin 2 pogʻona pasaygan, Rahimbek Ibrohimov esa 1 oʻringa koʻtarilgan.
Dunyo reytingining kuchli oʻnligida ham oʻzgarishlar kuzatildi. Monte-Karloda boʻlib oʻtgan “Masters” musobaqasi natijalariga koʻra, tennischilarning reytingdagi oʻrinlari oʻzgardi. Rossiyalik Daniil Medvedev boshqa tennischilar natijalarining pasayishi tufayli yana kuchli oʻnlikka qaytdi. Turnir gʻolibi Karlos Alkaras 1000 ochko evaziga dunyodagi ikkinchi tennischiga aylandi.
Italiyalik Yannik Sinner 3 oyga musobaqalardan chetlatilganiga qaramay, 400 ochko yoʻqotishiga qaramasdan, reytingda yetakchilikni saqlab qolmoqda. Uchinchi oʻringa Germaniya vakili Aleksandr Zverev chiqdi.
2025 yil 14 aprel holatiga koʻra ATP reytingi. Top-10:
1. (1) Yannik Sinner (Italiya) — 9930 (-400)
2. (3) Karlos Alkaras (Ispaniya) — 7720 (+1000)
3. (2) Aleksandr Zverev (Germaniya) — 7595 (-50)
4. (4) Teylor Fritz (AQSH) — 5280 (-10)
5. (5) Novak Djokovic (Serbiya) — 4120 (-390)
6. (6) Jek Dreypyer (Buyuk Britaniya) — 3870 (+90)
7. (10) Aleks De Minaur (Avstraliya) — 3535 (+200)
8. (9) Andrey Rublyov (Rossiya) — 3440 (+50)
9. (11) Daniil Medvedev (Rossiya) — 3290
10. (7) Kasper Ruud (Norvegiya) — 3215 (-500)
Oʻzbek tennischilarining ATP reytingidagi oʻrinlari:
223 (229). Humoyun Sultanov — 251 ochko (+4)
463 (499). Sergey Fomin — 95 ochko (+15)
1263 (1261). Maksim Shin — 6 ochko
1957T (1958T). Rahimbek Ibrohimov — 1 ochko