ATP reytinglari: o‘zbekistonlik tennischi 469 pog‘onaga pasaydi, dunyo Top-10 talqinida o‘zgarishlar
5 may kuni Erkaklar kasb professional tennischilari uyushmasi (ATP) haftalik reytingni yangiladi. O‘zbekiston terma jamoasi yetakchisi Humoyun Sultonov bir pog‘ona yuqorilab, 223-o‘rinni egalladi. Mamlakatning ikkinchi raqetkasi Sergey Fomin esa 7 ochko yo‘qotib, 19 pog‘onaga pasaydi.
Milliy reytingdagi uchinchi o‘rin egasi ham o‘zgardi — Amir Milushev 31 pog‘onaga ko‘tarilib, uchlikka kirdi. Eng katta yo‘qotish esa Maksim Shinga tegishli — u bir vaqtning o‘zida 469 o‘ringa pasayib, yetakchi uchlikdan chiqib ketdi. Rahimbek Ibrohimov esa 13 o‘rin yuqorilab, ijobiy natija qayd etdi.
Dunyo reytingida esa bir qator muhim o‘zgarishlar qayd etildi. Madriddagi "Masters" turniri g‘olibi Kasper Ruud 15-o‘rindan 7-pog‘onaga ko‘tarildi. Britaniyalik Jek Dreper esa beshinchi raqetkaga aylandi. Shu bilan birga, Yannick Sinner, Aleksandr Zverev va Carlos Alcaraz o‘z pozitsiyalarini saqlab qoldi. Italiyalik Lorenzo Musetti esa ilk bor dunyoning kuchli o‘nligiga kirdi.
ATP jahon reytingi — Top-10 (5 may holatiga):
1. Yannick Sinner (Italiya) — 9730
2. Aleksandr Zverev (Germaniya) — 8085
3. Carlos Alcaraz (Ispaniya) — 7850
4. Taylor Fritz (AQSH) — 4815
5. Jek Dreper (Britaniya) — 4440
6. Novak Djokovic (Serbiya) — 4130
7. Kasper Ruud (Norvegiya) — 3715
8. Alex de Minaur (Avstraliya) — 3635
9. Lorenzo Musetti (Italiya) — 3550
10. Holger Rune (Daniya) — 3440
ATP reytingidagi o‘zbekistonlik tennischilar:
223. Humoyun Sultonov — 251 ochko
480. Sergey Fomin — 90
1686. Amir Milushev — 2
1726T. Maksim Shin — 2
1939T. Rahimbek Ibrohimov — 1