locale OZ
locale OZ
Mehmon
Mehmon Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro'yxatdan o'ting
Menyu

ATP reytingi yangilandi: Medvedev Top-10’ga qaytdi, Sultonov va Fominda o‘sish

O‘zbek tennischilari orasida faqat ikki nafar sportchi natijasini yaxshiladi, qolganlar reytingda pastladi
Tennis 24 iyn 2025 da 00:42
Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Rasm: Gazeta.uz

Kecha Professional tennischilar assotsiatsiyasi (ATP)ning 23 iyun holatidagi yangi reytingi e’lon qilindi. Reytingda 8 nafar o‘zbekistonlik tennischi qayd etilgan bo‘lib, faqat Humoyun Sultonov va Sergey Fomin natijasini yaxshiladi.

O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Humoyun Sultonov 2 pog‘ona yuqorilab, 228-o‘rinni egalladi (247 ochko). Ikkinchi raqamli tennischi Sergey Fomin esa 6 pog‘ona ko‘tarilib, 445-o‘ringa chiqqan (99 ochko). Qolgan tennischilar – Maksim Shin, Amir Milushev, Botir Sapaev, Abdullaziz Usmonjonov, Damir Abdusamadov va Rahimbek Ibrohimov reytingda pasayish qayd etdi.

Dunyo reytingida esa Galleda muvaffaqiyatli ishtirokidan so‘ng rossiyalik Daniil Medvedev yana Top-10’likka qaytdi. Turnir g‘olibi bo‘lgan qozoqistonlik Aleksandr Bublik esa ilk bor kuchli 30 talikka kirdi. Britaniyalik Jek Dreyper 6-o‘rindan 4-o‘ringa ko‘tarildi. Teylor Frits va Novak Jokovich bir necha pog‘ona pastladi. Yannik Sinner esa yetakchilikni saqlab qoldi, undan keyingi o‘rinlarda Karlos Alkaras va Aleksandr Zverev joylashgan.

ATP reytingi (23 iyun holatiga ko‘ra) — Top-10:
1. Yannik Sinner (Italiya) — 10430 ochko
2. Karlos Alkaras (Ispaniya) — 9300
3. Aleksandr Zverev (Germaniya) — 6500
4. Jek Dreyper (Buyuk Britaniya) — 4650
5. Teylor Frits (AQSh) — 4635
6. Novak Jokovich (Serbiya) — 4630
7. Lorenzo Muzetti (Italiya) — 4140
8. Xolger Rune (Daniya) — 3530
9. Daniil Medvedev (Rossiya) — 3420
10. Ben Shelton (AQSh) — 3170

O‘zbekistonlik tennischilarning ATP reytingdagi o‘rinlari:
• 228 (230). Humoyun Sultonov — 247
• 445 (451). Sergey Fomin — 99
• 1060 (1054). Maksim Shin — 12
• 1420 (1405). Amir Milushev — 4
• 1774 (1769T). Botir Sapaev — 1
• 1875T (1866T). Abdullaziz Usmonjonov — 1
• 1969T (1968T). Damir Abdusamadov — 1
• 1969 (1968T). Rahimbek Ibrohimov — 1

Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting