locale OZ

ATP reytingi: Shin 685, Milushev 270 pog‘onaga ko‘tarildi — tennischilarimiz tez sur'atlarda oldinga intilmoqda!

Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olamsport.uz

Professional Tennischilar Assotsiatsiyasi (ATP) 9 iyun holatiga ko‘ra yangi haftalik reytingni e'lon qildi. Quvonarlisi, unda 8 nafar o‘zbekistonlik tennischi qayd etilgan. Xususan, ikki tennischimiz — Maksim Shin va Amir Milushev reytingda katta sakrashga erishishdi.

Maksim Shin Toshkentdagi turnirlardagi muvaffaqiyatli ishtirokidan so‘ng 685 pog‘onaga yuqorilab, 1052-o‘rinni egalladi. Bu natija bilan u O‘zbekistonning uchinchi raketkasiga aylandi. Amir Milushev esa 270 pog‘ona yuqorilab, 1409-pog‘onadan joy oldi. Endi u mamlakatimizda to‘rtinchi raqamli tennischi sifatida qayd etilmoqda. Ikkinchi raketkamiz Sergey Fomin ham 6 pog‘ona yuqorilab, 447-o‘rinni egalladi.

E’tiborli jihati, mamlakatning birinchi raketkasi Humoyun Sultonov 4 pog‘ona pastlab, 227-o‘ringa tushdi. Rahimbek Ibrohimov esa 102 pog‘onaga pasaydi.

O‘zgarishlarga ko‘ra, tennischilarimiz quyidagi reyting ochkolarini jamg‘arishdi:
• Maksim Shin — +10 ochko
• Sergey Fomin — +3 ochko
• Amir Milushev — +2 ochko

Reytingga kiritilgan boshqa tennischilarimiz:
• Botir Sapaev — 1771T (1 ochko)
• Abdulaziz Usmonjonov — 1867T (1 ochko)
• Damir Abdusamadov — 1962T (1 ochko)

ATP Top-10 (9 iyun holatiga ko‘ra):
1. (1) Jannik Sinner (Italiya) — 10 880 ochko
2. (2) Carlos Alcaraz (Ispaniya) — 8 850
3. (3) Aleksandr Zverev (Germaniya) — 6 385
4. (5) Jek Dreyper (Buyuk Britaniya) — 4 800
5. (6) Novak Jokovich (Serbiya) — 4 630
6. (7) Lorenzo Muzetti (Italiya) — 4 560
7. (4) Taylor Fritz (AQSH) — 4 485
8. (11) Tommy Paul (AQSH) — 3 510
9. (10) Holger Rune (Daniya) — 3 440
10. (9) Alex De Minaur (Avstraliya) — 3 285

O‘zbekistonlik tennischilarning ATP reytingidagi holati:
Raqami Ism O‘rin Ochko (+/-)
1 Humoyun Sultonov 227 247 -3
2 Sergey Fomin 447 99 +3
3 Maksim Shin 1052 12 +10
4 Amir Milushev 1409 4 +2
5 Botir Sapaev 1771T 1 +1
6 Abdulaziz Usmonjonov 1867T 1 +1
7 Rahimbek Ibrohimov 1860 1 -102
8 Damir Abdusamadov 1962T 1 +1

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting