locale OZ

ATP reytingi: Ikki tennischimiz yuqoriladi, Top-10’da bitta o‘zgarish kuzatildi

Professional tennischilar Assotsiatsiyasi (ATP) haftalik reyting yangilanishini e’lon qildi
Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
ATP reytingi: Ikki tennischimiz yuqoriladi, Top-10’da bitta o‘zgarish kuzatildi
Rasm: Gazeta.uz

Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Humoyun Sultonov bir pog‘ona yuqorilab, 223-o‘ringa ko‘tarildi. Ikkinchi raqetchimiz Sergey Fomin esa 3 ochko jamg‘arib, 9 pog‘ona yuqoriladi — o‘tgan haftada ham u 3 ochko evaziga 18 o‘ringa ko‘tarilgan edi. Amir Milushev o‘z o‘rnini saqlab qoldi. Boshqa tennischilarimizdan Maksim Shin 3, Rahimbek Ibrohimov esa 6 pog‘ona pasaydi.

Jahon reytingidagi Top-10 orasida bitta o‘zgarish qayd etildi. Kasper Ruud Jenevadagi chempionligini himoya qila olmagani bois bir o‘rin pastlab, Lorenzo Muzettiga yo‘l berdi. Qolgan tennischilar o‘z o‘rinlarini saqlab qolishdi. Reytingda hozircha Jannik Sinner katta farq bilan peshqadamlikni saqlamoqda.

ATP reytingi (26 may holatiga ko‘ra):
1. (1) Jannik Sinner (Italiya) — 10 380 ochko
2. (2) Carlos Alcaraz (Ispaniya) — 8850
3. (3) Aleksandr Zverev (Germaniya) — 7285
4. (4) Taylor Fritz (AQSH) — 4675
5. (5) Jack Draper (Britaniya) — 4610
6. (6) Novak Djokovic (Serbiya) — 4230
7. (8) Lorenzo Musetti (Italiya) — 3860
8. (7) Kasper Ruud (Norvegiya) — 3655
9. (9) Alex De Minaur (Avstraliya) — 3635
10. (10) Holger Rune (Daniya) — 3440

O‘zbekistonlik tennischilarning joriy o‘rinlari:
223 (224). Humoyun Sultonov — 250 ochko
453 (462). Sergey Fomin — 96 ochko (+3)
1679. Amir Milushev — 2
1737T (1734T). Maksim Shin — 2
1860T (1854T). Rahimbek Ibrohimov — 1

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting