locale OZ

AQSh JCHni g‘alaba bilan boshladi

Balogun dublga erishdi.
Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
AQSh JCHni g‘alaba bilan boshladi
ФОТО: Getty images

Jahon chempionati “D” guruhi doirasida AQSh va Paragvay terma jamoalari o‘rtasidagi 1-tur uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bahs amerikaliklarning 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Hisob 7-daqiqada ochildi. Paragvaylik yarim himoyachi Damian Bobadilya o‘z darvozasini ishg‘ol qilib, AQShni oldinga olib chiqdi. 29-daqiqada Folaring Balogun gol urgandi, biroq ofsayd sababli u hisobga olinmadi.

Biroq oradan ikki daqiqa o‘tib, amerikalik hujumchi baribir o‘z nomini tabloga yozdirishga muvaffaq bo‘ldi. Balogun 31-daqiqada jamoasining ikkinchi golini kiritdi. U birinchi bo‘limning 45-daqiqasida yana bir bor raqib darvozasini ishg‘ol qilib, dubl qayd etdi.

Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida Paragvay Maurisioning goli evaziga hisobdagi farqni qisqartirdi. Biroq uchrashuvga qo‘shib berilgan vaqtning 90+8-daqiqasida Jovanni Reyna AQShning to‘rtinchi golini urdi va bahsga yakuniy nuqta qo‘ydi.

JCH-2026. D guruhi. 1-tur
AQSh — Paragvay 4:1
Gollar:
Bobadilya 7 (avt), Balogun 31, 45+5 (dubl), Reyna 90+8 — Maurisio 73.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting