Andijonda xalqaro tennis turniri o'tkazilmoqda
Andijon shahrida yosh sportchilar o‘rtasida nufuzli xalqaro musobaqa — ITF World Tennis Tour Juniors J60 turniri bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur musobaqa sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabining zamonaviy tennis kortlarida tashkil etildi.
Turnirda O‘zbekistonning iqtidorli yosh tennischilari bilan bir qatorda, xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan sportchilar ham faol ishtirok etmoqda. Bu esa musobaqaning xalqaro nufuzini yanada oshirib, sportchilar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratmoqda.
Mazkur turnir yosh iste’dod egalari uchun nafaqat o‘z mahoratini namoyish etish, balki xalqaro tajriba orttirish, professional tennis sahnasiga qadam qo‘yish hamda muhim reyting ochkolarini qo‘lga kiritish imkonini bermoqda.