locale OZ

Andijonda xalqaro ITF Juniors J30 turniri yakuniga yetdi

O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida Ukraina vakili Kirill Chystikov turnir g‘olibiga aylandi.
Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Andijonda xalqaro ITF Juniors J30 turniri yakuniga yetdi
photo: Tennis Uzbekistan

O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida Ukraina vakili Kirill Chystikov turnir g‘olibiga aylandi.

Qizlar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida esa Qozog‘iston vakilasi Kristina Kruchenko chempionlikni qo‘lga kiritdi.

O‘g‘il bolalar juftlik bahslarida O‘zbekiston vakili Nikita Gafurov Rossiya vakili Ivan Molgin bilan birga birinchi o‘rinni egalladi. Finalda ular Qozog‘iston juftligini 7:6, 6:4 hisobida mag‘lub etdi.

Qizlar juftlik bahslarida esa g‘oliblik Qozog‘iston vakillari Evelina Balaganskaya va Kristina Kruchenkoga nasib etdi.

Andijondagi turnir yosh tennischilar uchun muhim tajriba maydoniga aylandi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting