locale OZ

Alkaraz faoliyatidagi 10-Katta dubulgʻa yarimfinaliga chiqdi

Ushbu bosqichda ispaniyalik tennischiga Aleksandr Zverev raqiblik qiladi.
Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Alkaraz faoliyatidagi 10-Katta dubulgʻa yarimfinaliga chiqdi
FOTO: Getty Images

Dunyo reytingi yetakchisi, ispaniyalik Karlos Alkaras Melburndagi Australian Open — 2026 chorak finalida mezbon tennischisi Aleks de Minorga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. 7:5, 6:2, 6:1 hisobidagi ishonchli g‘alaba Karlosni turnirning yarim finaliga olib chiqdi.

Bu muvaffaqiyat 22 yoshli ispaniyalik uchun «Katta dubulg‘a» turkumidagi turnirlarning 10-yarim finali sifatida tarixga kirdi. Eslatib o‘tamiz, Alkaras o‘zining ushbu darajadagi ilk debyutini 2022 yilgi US Open turnirida amalga oshirgan va o‘shanda 19 yoshida chempionlikni tantana qilgan edi.

Turnirning keyingi bosqichida bizni haqiqiy «super to‘qnashuv» kutmoqda. Yarim finalda Alkarasga dunyoning uchinchi raketkasi, germaniyalik Aleksandr Zverev raqiblik qiladi. Bu uchrashuv turnirning finaldan oldingi finali sifatida baholanmoqda.

Ma’lumot uchun, Australian Open turnirining amaldagi g‘olibi italiyalik Yannik Sinner hisoblanadi. Sinner va Alkaras o‘rtasidagi raqobat tennis olamining yangi davri deb e’tirof etilmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting