locale OZ

Aleksandra Barmicheva — J200 Istanbul turniri chempioni

O‘zbekiston vakili Aleksandra Barmicheva Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli ITF World Tennis Tour Juniors J200 turnirining yakkalik bahslarida chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Aleksandra Barmicheva — J200 Istanbul turniri chempioni
photo: Tennis Uzbekistan

Aleksandra Barmicheva — J200 Istanbul turniri chempioni.

O‘zbekiston vakili Aleksandra Barmicheva Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli ITF World Tennis Tour Juniors J200 turnirining yakkalik bahslarida chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Turnir davomida Aleksandra kuchli raqiblarni mag‘lub etdi. Ayniqsa, chorak finalda musobaqaning 1-raqamli saralangan tennischisi, jahon o‘smirlar reytingida 83-o‘rinda borayotgan turkiyalik Ayşe Bal ustidan 3:6, 6:3, 6:4 hisobida irodali g‘alabaga erishdi.

Turnir oldidan Barmicheva ITF o‘smirlar jahon reytingida 278-o‘rinni egallab turgan edi. Istanbuldagi chempionlik unga 200 reyting ochkosi olib keladi va navbatdagi reyting yangilanishida sezilarli ko‘tarilish imkonini beradi.

Aleksandrani yorqin g‘alaba bilan tabriklaymiz va kelgusi musobaqalarda ulkan zafarlar tilaymiz.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting