locale OZ

Aleksandr Zverev finalda Ben Sheltonni mag‘lub etib, US Open — 2026 chempioniga aylandi

Hal qiluvchi bahsda u jahon reytingida to‘qqizinchi o‘rinni egallab turgan amerikalik Ben Sheltonni mag‘lubiyatga uchratdi.
Aleksandr Zverev finalda Ben Sheltonni mag‘lub etib, US Open — 2026 chempioniga aylandi
photo: Tennis Uzbekistan

Aleksandr Zverev finalda Ben Sheltonni mag‘lub etib, US Open — 2026 chempioniga aylandi

“Rolan Garros — 2026” chempioni, dunyoning ikkinchi raketkasi, germaniyalik tennischi Aleksandr Zverev AQSh ochiq chempionati — 2026 g‘olibi bo‘ldi. Hal qiluvchi bahsda u jahon reytingida to‘qqizinchi o‘rinni egallab turgan amerikalik Ben Sheltonni mag‘lubiyatga uchratdi.

Uchrashuv 3 soat-u 36 daqiqa davom etdi. Zverev o‘yin davomida to‘qqizta eys amalga oshirdi, oltita qo‘shxatoga yo‘l qo‘ydi va o‘zi ishlab olgan oltita breyk-poyntdan to‘rttasini muvaffaqiyatli yakunladi. Shelton hisobida esa 10 ta eys, to‘rtta qo‘shxato va ishlab olingan uchta breyk-poyntdan bittasining muvaffaqiyatli amalga oshirilishi qayd etildi.
Zverev uchun US Open’dagi g‘alaba uning faoliyatidagi va joriy mavsumdagi “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi ikkinchi sovrin bo‘ldi. Shuningdek, Aleksandr mavsumda ikkinchi bor jahon reytingining kuchli o‘nligiga kiruvchi tennischini mag‘lub etdi.

US OPEN – 2026
Erkaklar. Yakkalik. Final
Zverev – Shelton🇺🇸– 63 76(2) 57 62

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting