locale OZ

Aleksandr Zverev: Bu axlat bilan tennis o‘ynab bo‘lmaydi

Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Aleksandr Zverev: Bu axlat bilan tennis o‘ynab bo‘lmaydi
Rasm: gettyimages.com

Germaniyalik tennischi Aleksandr Zverev Rimdagi ATP Masters 1000 turniri tashkilotchilarini qattiq tanqid qildi. U musobaqada foydalanilayotgan to‘plar sifati juda past ekanini aytdi. Zverevning ehtirosga to‘la chiqishi Lorenzo Muzettiga qarshi chorak final o‘yini paytida sodir bo‘ldi.

“Bu axlat bilan tennis o‘ynab bo‘lmaydi. Agar bu shunchaki tomosha uchun bo‘lsa, biz bu yerda umuman nima qilayotganimizni tushunmayman. Men bu axlatdan charchadim…”, — dedi dunyodagi ikkinchi raketka hakamga murojaat qilib.

Ushbu bahsda Zverev Muzettiga 6:7, 4:6 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Birinchi setda uchta setboldan foydalana olmagan Zverev, o‘tgan yili chempionlikni qo‘lga kiritgan Rim turnirini bu gal chorak finaldayoq tark etdi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting