Aleksandr Zverev: Ahmoqona savol o‘ylab topish — sizlarning ishingiz
Dunyo reytingining ikkinchi raqamli tennischisi, germaniyalik Aleksandr Zverev joriy mavsumdagi “Masters” turnirlaridagi muvaffaqiyatsiz natijalar haqida berilgan savolga asabiylik bilan javob qaytardi.
«Bilasizmi, men ikki hafta oldin turnirda g‘alaba qozonganman, shunday ekan, bu haqida o‘ylagim kelmaydi. Ahmoqona savollar o‘ylab topish — bu sizlarning ishingiz. Match faqat bir soat davom etgan bo‘lsa ham, bunday savollarni berishga ishonchingiz komil. Men bu ishni sizga qoldiraman», — dedi Zverev Corriere dello Sport nashriga.
Joriy mavsumdagi to‘rtta “Masters” turnirida Zverev ikki marta ikkinchi bosqichga, yana ikki marta to‘rtinchi bosqichgacha yetib borgan. Ayni paytda Italiyaning Rim shahrida o‘tayotgan navbatdagi “Masters”da u 1/8 finalga chiqqan va fransuz tennischisi Artur Fisga qarshi o‘ynaydi.