locale OZ

Aichi–Nagoya 2026: O‘zbekiston tennischilarining raqiblari aniqlandi

Aichi–Nagoya 2026 XX Osiyo o‘yinlari tennis musobaqalariga qur’a tashlandi. O‘zbekiston terma jamoasi vakillarining yakkalik, juftlik va mikst bahslaridagi dastlabki raqiblari ma’lum bo‘ldi.
Aichi–Nagoya 2026: O‘zbekiston tennischilarining raqiblari aniqlandi
photo: gettyimages

Erkaklar, yakkalik:

Sergey Fomin [9] — ikkinchi davrada Tojikiston vakili Somon Amonovga qarshi.

Xumoyun Sultonov [14] — ikkinchi davrada Xitoy vakili Meng Fanmingga qarshi.

Sergey Fomin va Xumoyun Sultonov qur’a natijasiga ko‘ra birinchi davrada o‘yin o‘tkazmaydi va musobaqani ikkinchi davradan boshlaydi.

Ayollar, yakkalik:

Sevil Yuldasheva — Eron vakili Mandegar Farzamiga qarshi.

Darya Shubina — Gonkong vakili Shek Cheuk Yingga qarshi.

Erkaklar, juftlik:

Sergey Fomin / Xumoyun Sultonov — Gonkong vakillari Jack Cheng / Tsun Nam Chengga qarshi.

Ayollar, juftlik:

Darya Shubina / Sevil Yuldasheva — Eron vakillari Mandegar Farzami / Meshkatolzahra Safiga qarshi.

Mikst:

Maksim Shin / Sevil Yuldasheva — Gonkong vakillari Tsz Fu Wong / Hong Yi Wongga qarshi.

Tennis musobaqalari 27-sentabrdan 3-oktabrgacha Yaponiyaning Nagoya shahridagi Nagoya City Higashiyama Park Tennis Center kortlarida bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston terma jamoasiga Osiyo o‘yinlarida omad va yorqin g‘alabalar tilaymiz.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting