Aichi–Nagoya-2026: O‘zbekiston tennis federatsiyasida Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik muhokama qilindi
Aichi–Nagoya-2026: O‘zbekiston tennis federatsiyasida Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik muhokama qilindi
Aichi–Nagoya-2026 yozgi Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik jarayonini o‘rganish doirasida Sport vaziri o‘rinbosari Shahrullo Mahmudov hamda MOQ raisi o‘rinbosari Sherzod Tashmatov O‘zbekiston tennis federatsiyasiga tashrif buyurdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston tennis federatsiyasi bosh kotibi Sardor Kamilov va federatsiya raisi o‘rinbosari Iroda Tulyaganova ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida tennis bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining Aichi–Nagoya-2026 yozgi Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik rejasi, sportchilar tarkibi, ularning imkoniyatlari, kutilayotgan raqobat hamda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, terma jamoaning tayyorgarlik jarayonini yanada takomillashtirish, sportchilarni Osiyo o‘yinlariga yuqori sport formasida olib borish hamda barcha zarur sharoitlarni yaratish yuzasidan tavsiya va topshiriqlar berildi.