locale OZ

45 yoshli Vinuz Uilyams 2021 yildan beri birinchi marta «Rolan Garros»da oʻynaydi

Amerikalik tennischi juftlik bahslarida kortga chiqadi.
Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
45 yoshli Vinuz Uilyams 2021 yildan beri birinchi marta «Rolan Garros»da oʻynaydi
FOTO: Getty Images

«Katta dubulg‘a» turkumiga kiruvchi turnirlarning yetti karra g‘olibi, dunyoning sobiq birinchi raqamli tennischisi, 45 yoshli Vinuz Uilyams joriy yilgi «Rolan Garros» turnirida ishtirok etadi. Amerikalik afsona juftlik bahslarida dunyoning 25-raketkasi Xeyli Baptist bilan birga kortga chiqadi. Bu Vinuz uchun 2021 yildan buyon ushbu nufuzli turnirdagi ilk ishtirok bo‘ladi.

E’tiborlisi, amerikalik tennischilar turnirga maxsus taklifnomasiz (uayld-kard), o‘z reytinglari orqali yo‘llanma olishgan.

Ma’lumot uchun, Vinuz Uilyams — «Katta dubulg‘a» va Olimpiada o‘yinlarining ko‘p karra g‘olibi hisoblanadi. Uning hisobida yakkalik bahslarida Uimbldondagi 5 ta va US Opendagi 2 ta chempionlik, shuningdek, 4 ta Olimpiya oltin medali (shu jumladan, singlisi Serena Uilyams bilan juftlikda) mavjud.

Uning sherigi Xeyli Baptist esa hozirga qadar bitta WTA va ikkita WTA-125 turkumidagi turnirlar g‘olibasi hisoblanadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting