Ziyoviddin Xodjiniyazov – Xalqaro Kurash assotsiatsiyasining Birinchi vitse-prezidenti etib saylandi
IKAning navbatdagi yig'ilishida Birinchi vitse-prezidenti sifatida samarali faoliyat yuritgan, Hindistonlik davlat va jamoat arbobi Jagdish Tytlerning iste’fo haqidagi murojaati Boshqaruv qo‘mitasi tomonidan qabul qilindi va IKA Birinchi vitse-Prezidenti lavozimga IKAning xalqaro hamkorlik va o‘yinlar bo‘yicha vitse-prezidenti sifatida faoliyat olib borayotgan Ziyoviddin Xodjiniyazov nomzodi bir ovozdan ma’qullandi.
Ziyoviddin Xodjiniyazov Kurash harakatida katta tajriba va mustahkam nufuzga ega mutaxassislardan biri hisoblanadi.
U 2000 yildan buyon Xalqaro Kurash assotsiatsiyasi tizimida turli mas’ul lavozimlarda, jumladan, Xalqaro aloqalar departamenti direktori, Bosh kotib o‘rinbosari, shuningdek, Osiyo Kurash konfederatsiyasi Bosh kotibi sifatida faoliyat yuritgan.