Zarbdorda o‘qituvchi ayollar o‘rtasida voleybol musobaqasiga start berildi
Bu haqda Sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Спорт вазирлиги
Jizzax viloyati Zarbdor tumanida o‘qituvchilar (ayollar) o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi musobaqasining tuman bosqichi boshlandi.
Mazkur musobaqada tumandagi barcha umumta’lim maktablari hamda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi faol xotin-qilar ishtirok etib, o‘zaro bahs olib bormoqda.
"Ustozlar aqlda ham, sportda ham ustoz!" shiori ostida o‘tkazilgan musobaqaning ochilish marosimida tuman hokimining o‘rinbosari Rahimberdi Anqayev va tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Shavkat Roziyev so‘zga chiqib, ishtirokchilarga omad tiladilar hamda sport orqali sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o‘tdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist