locale OZ

Zarafshonda “Yangi O‘zbekiston – Olimpiya cho‘qqilari” musobaqasining mintaqaviy bosqichi o‘tkazildi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

Prezidentimiz tashabbusi bilan yosh iste’dodlarni aniqlash, ularning sport salohiyatini ro‘yobga chiqarish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilayotgan “Yangi O‘zbekiston – Olimpiya cho‘qqilari” musobaqasining yunon-rum va erkin kurash yo‘nalishlari bo‘yicha mintaqaviy bosqichi Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida bo‘lib o‘tdi.

Unda Zarafshon shahar, Tomdi va Uchquduq tumanlaridan yetishib chiqqan iqtidorli yosh sportchilar ishtirok etdi. Bellashuvlar yuqori raqobat va sport ruhi ostida o‘tdi.

G‘olib va sovrindorlar musobaqaning viloyat bosqichiga yo‘llanma olib, o‘z hududlarining sport salohiyatini yana bir bor namoyon etishdi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting