locale OZ

Zarafshon shahrida \"14-yanvar Vatan himoyachilari kuni\" munosabati bilan \"IIB boshlig‘i kubogi\" musobaqasi o‘tkazildi

G‘olib jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplom, medallar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Zarafshon shahrida "14-yanvar Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan  "IIB boshlig‘i kubogi"  musobaqasi o‘tkazildi
photo: Voleybol Uzbekistan

Zarafshon shahrida "14-yanvar Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan sportning voleybol turi bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari o‘rtasida "IIB boshlig‘i kubogi" musobaqasi o‘tkazildi.

Musobaqada 10 ta jamoa ishtirok etib, o‘zaro kuch sinashdilar.
Bellashuvlar yuqori saviyada, halollik va do‘stona muhitda o‘tkazildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra g‘olib va sovrindor jamoalar aniqlandi.
1-o'rin. 99550-sonli harbiy qism
2-o'rin. Zarafshon shahar IIB
3-o'rin. 7551-sonli harbiy qism jamoalari qo‘lga kiritdilar.
G‘olib jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplom, medallar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Mazkur sport musobaqasi xodimlar o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish, o‘zaro hamjihatlik va sog‘lom raqobat muhitini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting