locale OZ

Zarafshon shahar hokimi Olimpiadasi doirasida voleybol musobaqasi o‘tkazildi

Mazkur musobaqada umumta’lim maktablari hamda sport maktabi jamoalari faol ishtirok etib, o‘zaro qizg‘in va murosasiz bahslarda kuch sinashdilar.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Zarafshon shahar hokimi Olimpiadasi doirasida voleybol musobaqasi o‘tkazildi
photo: Voleybol Uzbekistan

Zarafshon shahrida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish hamda ularning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida “Shahar hokimi Olimpiadasi” doirasida voleybol musobaqasi tashkil etildi.

Mazkur musobaqada umumta’lim maktablari hamda sport maktabi jamoalari faol ishtirok etib, o‘zaro qizg‘in va murosasiz bahslarda kuch sinashdilar. Har bir jamoa g‘alaba uchun bor kuchi, mahorati va jamoaviy hamjihatligini namoyon etdi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra:

Qizlar o‘rtasida:
1-o‘rin — Sport maktabi
2-o‘rin — 9-maktab
3-o‘rin — 6-maktab

O‘g‘il bolalar o‘rtasida:
1-o‘rin — Sport maktabi
2-o‘rin — 12-maktab
3-o‘rin — 6-maktab

Musobaqa davomida ishtirokchilar yuqori sport mahorati, jamoaviylik va g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini yaqqol namoyish etdilar.

Tadbir yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar munosib taqdirlanib, ularga diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting