locale OZ

Zamonaviy beshkurash. Xorijiy murabbiylar bilan hamkorlik qilish yuzasidan navbatdagi ekspert komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Abdulaziz Kadirov milliy terma jamoaga jalb etilishi rejalashtirilayotgan xorijiy mutaxassisning faoliyat rejalari hamda shu kunga qadar erishilgan aniq natijalar yuzasidan batafsil ma’lumot berdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Zamonaviy beshkurash. Xorijiy murabbiylar bilan hamkorlik qilish yuzasidan navbatdagi ekspert komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
photo: zamonaviy beshkurash

Xorijiy murabbiylar bilan hamkorlik qilish yuzasidan navbatdagi ekspert komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Bugun Sport vaziri o‘rinbosari Sh. Mahmudov boshchiligida sport turlari bo‘yicha milliy terma jamoalarga xorijiy murabbiylarni jalb etish, ular bilan mehnat shartnomalarini imzolash masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi ekspert komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Milliy Olimpiya qo‘mitasi, Boks, Velosport, Yengil atletika, Og‘ir atletika, Dzyudo, Zamonaviy beshkurash, Kamondan otish, «Rowing & Canoe», Suzish federatsiyalari hamda sport turlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktablari rahbarlari ishtirok etdilar.

Yig‘ilish davomida Zamonaviy beshkurash federatsiyasi bosh kotibi Abdulaziz Kadirov milliy terma jamoaga jalb etilishi rejalashtirilayotgan xorijiy mutaxassisning faoliyat rejalari hamda shu kunga qadar erishilgan aniq natijalar yuzasidan batafsil ma’lumot taqdim etdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting