Zamonaviy beshkurash. O'zbekiston jamoasi Osiyo chempionatida yetakchilar qatorida
Zamonaviy beshkurash bo'yicha O'zbekiston jamoasi Osiyo chempionatida yetakchilar qatorida.
Indoneziyaning Yogyakarta shahrida bo'lib o'tgan Osiyo chempionatida O'zbekiston Zamonaviy Beshkurash Federatsiyasi sportchilari 17 va 19 yoshgacha bo'lgan sportchilar toifalarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, xalqaro maydonda mamlakatni sharaf bilan himoya qilishdi.
17 yoshgacha bo'lgan sportchilar toifasida:
Shaxsiy hisobda:
1-o'rin. Mehriniso Qahramonova oltin medalni qo'lga kiritib, Osiyo chempioni bo'ldi.
Jamoa hisobida:
2-o'rin. Mehriniso Qahramonova
2-o'rin. Sabina Yuldasheva
2-o'rin. Muzayyana Muratalieva
Shuningdek, 19 yoshgacha bo'lgan sportchilar toifasidagi final natijalariga ko'ra:
Samira Abzalova yakka tartibda kumush medalni qo'lga kiritdi, finalda yuqori darajadagi tayyorgarlik va ishonchli o'yin ko'rsatdi.
Ertaga erkaklar o'rtasidagi final bo'lib o'tadi, unda O'zbekiston jamoasi vakili Osiyo chempionatida medal uchun kurashni davom ettiradi.