Zamonaviy beshkurash. O'zbek sportchilari Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun Indoneziyaning Yogyakarta shahriga yetib keldi
Jamoa musobaqa o'tkaziladigan joyga muvaffaqiyatli yetib keldi va musobaqa oldidan so'nggi tayyorgarlik ishlarini yakunlamoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: zamonaviy beshkurash
O'zbekiston zamonaviy beshkurash jamoasi 17 va 19 yoshgacha bo'lganlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun Indoneziyaning Yogyakarta shahriga yetib keldi.
Jamoa musobaqa o'tkaziladigan joyga muvaffaqiyatli yetib keldi va musobaqa oldidan so'nggi tayyorgarlik ishlarini yakunlamoqda. Tez orada sportchilarimiz xalqaro maydonda O'zbekistonni himoya qilish va yuqori natijalar uchun kurashish uchun arenaga chiqishadi.
Barcha delegatsiyamizga omad, o'ziga ishonch, ajoyib chiqishlar va g'alabalar tilaymiz! Har bir musobaqa yangi yutuqlar va munosib natijalar keltirsin!
Ibrohim Jalolov
Redaktor