Zamonaviy beshkurash. Milliy terma jamoa o'quv-mashg'ulot yig'iniga jo'nab ketdi
Milliy terma jamoa o'quv-mashg'ulot yig'iniga jo'nab ketdi
Bugun, 2026-yil 19-avgust kuni O'zbekiston Zamonaviy beshkurash federatsiyasi delegatsiyasi o'quv-mashg'ulot yig'inida ishtirok etish uchun Qirg'izistonning Issiqko'lga jo'nab ketdi.
Delegatsiya tarkibiga bosh murabbiy Vadim Chudnovskiy va murabbiy Arabboy Nuriddinov boshchiligidagi milliy terma jamoa sportchilari kirdi.
O'quv-mashg'ulot yig'ini sportchilarning 2026-yilgi Aychi-Nagoya Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik ko'rishida muhim bosqich bo'ladi. O'quv-mashg'ulot yig'ini davomida jamoa jismoniy va texnik tayyorgarligi ustida ishlashda, sport formasini yaxshilashda va mashg'ulot vazifalarini bajarishda davom etadi.
Jamoamizga samarali o'quv-mashg'ulot, muvaffaqiyatli tayyorgarlik va bo'lajak musobaqalar oldidan o'ziga ishonch tilaymiz!