Zamonaviy beshkurash. Mehriniso Qahramonova Jahon chempionati finaliga chiqdi!
Ertaga chempionat doirasida estafeta va aralash estafeta musobaqalari bo'lib o'tadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: zamonaviy beshkurash
Mehriniso Qahramonova Jahon chempionati finaliga chiqdi!
Litvaning Kaunas shahrida bo'lib o'tgan 17 yoshgacha va o'smirlar o'rtasidagi zamonaviy beshkurash bo'yicha jahon chempionatida O'zbekiston terma jamoasi sportchisi Mehriniso Qahramonova saralash bosqichidan ishonchli tarzda o'tib, o'z guruhida birinchi o'rinni egallab, finalga yo'l oldi.
Mehrinisoni ajoyib chiqishi bilan tabriklaymiz va unga jahon chempionatida yuqori o'rinlar uchun kurashda davomiy g'alabalar, o'ziga ishonch va muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Ertaga chempionat doirasida estafeta va aralash estafeta musobaqalari bo'lib o'tadi. O'zbekiston terma jamoasi sportchilariga muvaffaqiyatli startlar, ta'sirchan chiqishlar va munosib natijalar tilaymiz!
Ibrohim Jalolov
Redaktor