Zamonaviy beshkurash bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining Qirg‘izistonning Cho‘lpon-Ota shahridagi yig‘ini qizg‘in davom etmoqda
Mashg'ulotlar har kuni davom etmoqda va barcha zamonaviy beshkurash yo'nalishlarini o'z ichiga oladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: zamonaviy beshkurash
Zamonaviy beshkurash bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining Qirg‘izistonning Cho‘lpon-Ota shahridagi yig‘ini qizg‘in davom etmoqda.
Sportchilarimiz joriy mavsumdagi ikkita yirik musobaqaga: 25-oktabrdan 2-noyabrga qadar Qozog‘istonning Olmaota shahrida bo‘lib o‘tadigan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati va 9-16 noyabr kunlari Yaponiyaning Anze shahrida bo‘lib o‘tadigan kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga jiddiy tayyorgarlik ko‘rishga bor e’tiborni qaratgan.
Mashg'ulotlar har kuni davom etmoqda va barcha zamonaviy beshkurash yo'nalishlarini o'z ichiga oladi. Sportchilar yuqori konsentratsiya, intizom va motivatsiyani namoyish etib, bo‘lajak qit’a miqyosidagi musobaqalarda eng yuqori darajaga chiqishga intilmoqda.
Ibrohim Jalolov
Redaktor