locale OZ

Zabit Magomedsharipov Ramazon oyidan soʻng grepling boʻyicha jang qiladi

Rossiyalik sportchi 2017 yilda UFC'da debyut qilgandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Zabit Magomedsharipov Ramazon oyidan soʻng grepling boʻyicha jang qiladi
FOTO: Getty Images

Yarimyengil vazn toifasida sobiq UFC jangchisi, rossiyalik Zabit Magomedsharipov Ramazon oyidan so‘ng kurash (grempling) bo‘yicha gilamga chiqadi.

«Zabit Ramazon oyidan keyin bellashuv o‘tkazadi», – deya xabar bergan Magomedsharipov jamoasi vakillari TASS agentligiga.

Ta’kidlash joizki, kechagina Magomedsharipov o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ACBJJ ligasi rahbari Zaurbek Xasiyev bilan tushgan suratini e’lon qilib, tez orada «katta yangiliklar» bo‘lishini ma’lum qilgan edi.

Rossiyalik sportchi UFC’da 2017 yilning sentyabr oyida debyut qilgan va jami oltita jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan.

Uning so‘nggi jangi 2019 yil noyabr oyida «UFC Fight Night 163» turniri doirasida amerikalik Kelvin Kattarga qarshi bo‘lib o‘tgan va unda Zabit hakamlarning yakdil qarori bilan zafar quchgan edi. Uning MMA’dagi umumiy ko‘rsatkichi 18 g‘alaba va bir mag‘lubiyatni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting