locale OZ

«Yuventus» Brunu Fernandeshni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Futbolchining amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Yuventus» Brunu Fernandesga qiziqish bildirmoqda
ФОТО: Getty images

"Yuventus" klubi "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Brunu Fernandeshni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini o‘rganmoqda. Bu haqda Caught Offside nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, turinliklar bosh murabbiy Luchano Spalletti jamoasining texnik salohiyatini yanada oshirish maqsadida portugaliyalik futbolchini transfer qilish variantini ko‘rib chiqmoqda. Shu munosabat bilan "Yuventus" rahbariyati 31 yoshli yarim himoyachining vakillari bilan uning kelajagi borasida dastlabki muzokaralarni o‘tkazgan.

Biroq ushbu transferni amalga oshirish oson kechmasligi mumkin. Xabar qilinishicha, "Manchester Yunayted" Brunu Fernandesh uchun 50–75 million yevro atrofida tovon puli talab qilishi mumkin. Shuningdek, futbolchining yuqori maoshi ham turinliklar uchun asosiy to‘siqlardan biri sifatida baholanmoqda.

Ayni paytda portugaliyalik yulduzning "Manchester Yunayted" bilan shartnomasini uzaytirish bo‘yicha muzokaralar ham ijobiy yo‘nalishda davom etayotgani ta’kidlanmoqda.

Brunu Fernandesh 2020 yil yanvar oyidan buyon "qizil iblislar" safida to‘p surmoqda. U o‘tgan mavsum barcha musobaqalarda 37 ta uchrashuvda ishtirok etib, 9 ta gol va 22 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Futbolchining amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portalining ma’lumotiga ko‘ra, Brunu Fernandeshning bozor qiymati hozirda 35 million yevroga baholanmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting