locale OZ

Yurtimizda oʻtkazilgan \"Tour of Bostonliq\" turniri oʻz yakuniga yetdi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yurtimizda oʻtkazilgan "Tour of Bostonliq" turniri oʻz yakuniga yetdi
PHOTO: Telegram

Bugun, butun Osiyo velosport olamini bir joyga jamlagan Toshkent viloyatining "Boʻstonliq" tumanida oʻtkazilgan xalqaro UCI reytingi ochkolarini taqdim etuvchi "Tour of Bostonliq" musobaqasi o‘z yakuniga yetdi.


Mazkur xalqaro poyga UCI reyting ochkolari beruvchi poygalar kalendar rejasidan o‘z o‘rnini egallagan hamda Markaziy Osiyo davlatlari orasida faqat O‘zbekistonda o‘tkaziladigan yagona poygadir.

Aytishimiz kerak-ki, poyga mobaynida turnir tugayotganini his etgan holda, barcha qatnashuvchilar faqat gʻoliblik sari harakatlanib, kuzatuvchilarga katta raqobatli, keng koʻrimli va qiziqarli kurashni tuhfa etdilar.



Mamlakatimizda oʻtkazilgan nufuzli turnirda yana milliy terma jamoamiz sportchilari ketma-ket birinchi o‘rinlarni egallab ayollar jamoasi 79 - UCI reyting ochkosi, erkaklar jamoasi 39 - UCI reyting ochkosi egallab, jami velosport milliy terma jamoasi hisobiga 118 - UCI reyting ochkosini qo‘lga kiritdilar.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting