Yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Rustam Assakalov yilning eng yaxshi murabbiyi deb e’tirof etildi
Yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Rustam Assakalov yilning eng yaxshi murabbiyi deb e’tirof etildi.
Rustam Assakalov terma jamoa boshqaruvini qo‘lga olganidan so‘ng, qisqa vaqt ichida milliy jamoamizning xalqaro maydondagi nufuzi sezilarli darajada oshdi. Uning rahbarligida O‘zbekiston Yunon-rum kurashi jamoasi nafaqat tezroq, balki aniq va yuqori natijalar orqali butun dunyoga tanila boshladi.
Erishilayotgan yutuqlar zamirida mamlakatimizda sportni rivojlantirishga qaratilayotgan davlat siyosati, xususan Prezidentimizning doimiy qo‘llab-quvvatlashi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shuningdek, ushbu muvaffaqiyatlarda barcha murabbiylar, sport assotsiatsiyamiz rahbariyati hamda Tursunov Botir Radjabovichning hissasi alohida e’tirof etishga loyiq.
Rustam Assakalovni ushbu yuksak e’tirof bilan tabriklaymiz va terma jamoamizga kelgusida ham yirik g‘alabalar tilaymiz.