locale OZ

Yugurish. Samarkand Marathon-2025 g‘oliblari taqdirlandi

Musobaqada ishtirokchilar 5, 10, 21.1, 42.2 kilometr masofalarni bosib o‘tishdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yugurish. Samarkand Marathon-2025 g‘oliblari taqdirlandi
photo: Yugurish Uzbekistan

“Samarkand Marathon-2025” an’anaviy xalqaro xayriya marafonining asosiy bellashuvlari yakunlandi.

Musobaqada ishtirokchilar 5, 10, 21.1, 42.2 kilometr masofalarni bosib o‘tishdi.

Natijalarga ko‘ra, 5 kilometrdagi poygada erkaklar bahsida hamyurtimiz Alisher Ahmatullayev, ayollar o‘rtasida Darya Andropova marraga birinchi bo‘lib yetib keldi.

10 kilometr musobaqada erkaklar bahsida yaponiyalik Yuta Shitaraga, ayollar bellashuvida rossiyalik Anastasiya Slichenkovaga teng keladigani topilmadi.

21,1 kilometr masofaga o‘tkazilgan poygada rossiyalik sportchilar Rinas Ahmadeyev hamda Sofiya Kameneva g‘olib bo‘ldi.

42,2 kilometr masofadagi bahslarda surxondaryolik Shohruh Davlatov birinchi o‘rinni egalladi. Ayollar bahsida esa keniyalik Jasinta Chepkoyech finishga birinchi bo‘lib yetib keldi.

Marafonda turli yosh toifasida va imkoniyati cheklangan fuqarolar o‘rtasida ham g‘oliblar aniqlandi. Musobaqa gʻoliblariga pul mukofoti va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting