locale OZ

Yudit Polgar Garri Kasparovni qanday mag‘lub etgan edi?

2002-yil 9-sentabr kuni shaxmat tarixida unutilmas voqea yuz berdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yudit Polgar Garri Kasparovni qanday mag‘lub etgan edi?
photo: Chess Uzbekistan

Yudit Polgar Garri Kasparovni qanday mag‘lub etgan edi?

2002-yil 9-sentabr kuni shaxmat tarixida unutilmas voqea yuz berdi. "Rossiya va Dunyo terma jamoasi" uchrashuvida tarixning eng kuchli ayol shaxmatchisi Yudit Polgar o‘sha paytdagi dunyo reytingi peshqadami va 13-jahon chempioni Garri Kasparov ustidan g‘alaba qozondi.

Kasparov o‘zi uchun qulay bo‘lgan Berlin himoyasini qo‘lladi, biroq Yudit Polgar faol donalari hamda shoh qanotidagi ustunlik evaziga uzluksiz bosim o‘tkazib, Kasparovni xato qilishga majbur qildi. 42-yurishda Garri Kasparov taslim bo‘ldi.

Yudit Polgar keyinchalik dunyoning Top-10 shaxmatchilari safiga kirdi va 2700+ reyting marrasini zabt etgan yagona ayol shaxmatchiga aylandi (2735 Elo).

46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga 37 kun qoldi

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting