locale OZ

Yu Yangyi Ding Lirenni armageddonda mag‘lub etib, Shenzhen Masters chempioni bo‘ldi

Xitoyning Shenzhen shahrida o‘tkazilgan Shenzhen Nanshan Masters 2026 turniri yakunlandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yu Yangyi Ding Lirenni armageddonda mag‘lub etib, Shenzhen Masters chempioni bo‘ldi
photo: Chess Uzbekistan

Yu Yangyi Ding Lirenni armageddonda mag‘lub etib, Shenzhen Masters chempioni bo‘ldi.

Xitoyning Shenzhen shahrida o‘tkazilgan Shenzhen Nanshan Masters 2026 turniri yakunlandi. 12 nafar shaxmatchi ishtirok etgan rapid musobaqasida Yu Yangyi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Finalda u sobiq jahon chempioni va turnirning amaldagi g‘olibi Ding Liren bilan to‘qnash keldi.

Hal qiluvchi bahs nihoyatda keskin o‘tdi. Dastlabki to‘rtta rapid partiyaning barchasi durang bilan yakunlandi. Shundan so‘ng blitsda raqiblar bittadan g‘alaba qozonishdi.
Chempionlik taqdiri armageddonda hal bo‘ldi. Oq donalarda o‘ynagan Yu Yangyi Ding Lirenni mag‘lub etib, finalda 4:3 hisobida ustun keldi.

Yu Yangyi finalga qadar yarim finalda Vang Haoni 3:1 hisobida yenggan edi. Ding Liren esa yarim finalda Kong Xiangrui ustidan g‘alaba qozongandi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting