Yoshlarimiz Istanbul Junior European Cup 2025 turnirida ikkinchi bo‘lishdi
Turkiyaning Istanbul shahrida yoshlar o‘rtasida European Cup 2025 turniri bo‘lib o‘tdi.
Ikki kun davomida dunyoning 5 qit’asi 30 davlatidan kelgan jami 505 nafar dzyudochi musobaqa medallari uchun bahs olib bordi. Ular orasida to‘liq tarkibdagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi dzyudochilari ham tatamiga chiqishdi.
Quvonarlisi, dzyudochilarimiz yakunda 2 ta oltin, 1 ta kumush, 1 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egallashdi. Birinchi o‘rinni band etgan Braziliya terma jamoasi ham biz singari 2 ta oltin medalga ega chiqdi, birgina kumush medallarning ko‘pligi evaziga ular umumjamoa hisobida birinchi bo‘lishdi.
🇺🇿G‘olib va sovrindorlarimiz:
Oltin medallar
-57 kg: Aselxan Aralbayeva
+78 kg: Umida Nig‘matova
Kumush medal
-66 kg: Dilshodbek Hamroyev
Bronza medal
-73 kg: Bunyod Safarov
Murabbiylar - Kamol Murodov, Zafar Nafasov, Diyorbek O‘razboyev, Rafkat Izmaylov, Nargiza Azimova