locale OZ

Yoshlar o‘rtasidagi O‘zbekiston Kubogi yakuniga yetdi

Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yoshlar o‘rtasidagi O‘zbekiston Kubogi yakuniga yetdi
Фото: Спорт вазирлиги

Uch kun davomida Termiz shahar Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi zalida yoshlar o‘rtasidagi mamlakat kubogiga mezbonlik qildi.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahridan kelgan jami 541 nafar dzyudochi belgilangan vazn toifalarida g‘oliblik yo‘lida bahs olib borishdi. Musobaqaning so‘nggi kuni og‘ir vaznlarda g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

Yakunda Toshkent shahri jamoasi 4 ta oltin, 7 ta kumush, 5 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Samarqand viloyati dzyudochilari 3 ta oltin va 1 ta bronza medali bilan ikkinchi o‘rinni band etgan bo‘lsa, kuchli uchlikka Surxondaryo viloyat jamoasi yakun yasadi. Mezbonlar 2 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medaliga ega chiqishdi.

So‘nggi kun g‘olib va sovrindorlari:

-100 kg vazn toifasi
1. Ja’far Jumayev (Samarqand)
2. Javohir Xaytaliyev (Toshkent shahri)
3. Musurmonqul Ahrorov (Toshkent shahri)
3. Alisher Rasulov (Buxoro)

+100 kg vazn toifasi
1. Iskandar Mamayusupov (Surxondaryo)
2. Nursulton Nosirov (Qashqadaryo)
3. Samandar Yunusov (Andijon)
3. Muhammadjon Xurramov (Toshkent shahri)

QIZLAR

-78 kg vazn toifasi
1. Elnora Salimova (Samarqand)
2. Nafisa Asamatdinova (Toshkent shahri)
3. Shoira Aminova (Xorazm)
3. Nodira Eshpo‘latova (Surxondaryo)

+78 kg vazn toifasi
1. Charos Abdullayeva (Surxondaryo)
2. Dilbar Nazarova (Surxondaryo)
3. Yulianna Shubladze (Toshkent shahri)
3. Kamola Soliyeva (Xorazm)

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting