locale OZ

Yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatining rasmiy logotipi tasdiqlandi

Ikki yulduz — Jahon va Olimpiya shohsupasiga bir yo‘l!
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatining rasmiy logotipi tasdiqlandi
photo: Dzyudo Uzbekistan

Yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatining rasmiy logotipi tasdiqlandi

Ikki yulduz — Jahon va Olimpiya shohsupasiga bir yo‘l!

Ma’lumki, Toshkent shahri tarixda ilk bor dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.

Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) 19-22 noyabr kunlari o‘tkaziladigan dunyo birinchiligining rasmiy logotipini tasdiqladi.

Logotipdagi ikki yulduz ikki xil rangda bo‘lib, o‘ziga xos ramziy ma’noga ega. Qizil rangdagi yulduz jahon chempionati, tilla ranglisi esa Olimpiadaga ishora. Ya’ni, tatamidagi ikki iste’dod yulduz kabi porlab, kelajakda kattalar o‘rtasida Jahon va Olimpiada chempioni bo‘lishi g‘oya sifatida olingan.

Kattalar o‘rtasidagi musobaqalarda ayrim dzyudochilarning kimonosiga e’tibor qaratsangiz, ism-sharif qizil hamda tilla ranglarda yoziladi. Qizil rang o‘sha dzyudochining amaldagi jahon chempioni, tilla rang esa Olimpiada chempioni ekanini bildiradi.

Toshkent Jahon chempionati logotipida aynan shu narsaga urg‘u qaratilib, yosh iste’dodlarning kattalar toifasiga o‘tib, jahon va Olimpiada chempioni bo‘lishiga ishora qilingan.

Ikkita yulduz. Ikki cho‘qqi. Bitta katta orzu. 19 noyabr kuni Toshkent sayyoramizning eng yaxshi yosh dzyudochilarini kutib oladi. Bu yerda yangi nomlar tug‘iladi, xarakterlar chiniqadi va bo‘lajak chempionlar tarixi boshlanadi. Har bir tatamiga chiqish - bu orzuingiz sari qadam tashlash imkoniyatidir.

Toshkent-2026 - kurashlar davri, g‘alabalar davri va jahon dzyudosining yangi yulduzlarini yondirish vaqti!

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting