locale OZ

Yosh yunon-rum kurashchilari Osiyo chempionatida umumjamoa hisobida zafar quchdi

O'smirlar termasi Vetnamdagi musobaqada 10 ta medal bilan birinchi o'rinni egalladi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olympic.uz

Vetnamda sport kurashlari bo'yicha 17 yoshgacha bo'lgan yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati qizg'in davom etmoqda. Yunon-rum va qizlar kurashi bo'yicha bir qator vazn toifalarida g'olib va sovrindorlar aniqlandi.

Hamyurtlarimiz ushbu bosqichda 3 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medaliga ega chiqishdi:

Oltin medallar
• 71 kg: Behruzbek Valiyev
• 80 kg: Abdulaziz Xolmirzayev
• 40 kg: Shohista Shonazarova

Kumush medal
• 46 kg: Mashhura Abdumusaeva

Bronza medal
• 65 kg: Huson G'iyosiddinov

Qayd etish kerak, umumiy hisobda yunon-rum kurashchilari 3 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronza medal to'plab, musobaqaning umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallashdi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting