locale OZ

Yosh sportchilarimiz Koreya Respublikasida tashkil etilgan «Dream Program» loyihasida ishtirok etishdi

Togʻ changʻisi va figurali uchish sport turlari boʻyicha jami 5 nafar yosh atletimiz qatnashdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 Yosh sportchilarimiz Koreya Respublikasida tashkil etilgan «Dream Program» loyihasida ishtirok etishdi
Фото: Olympic.uz

Koreya Respublikasining Pxyonchxan shahrida qishki sport turlari bilan shugʻullanuvchi yosh atletlar uchun anʼanaviy tarzda “Dream Program” dasturi oʻtkazib kelinadi.

Joriy yilda ham oʻzbekistonlik sportchilar ushbu loyihada ishtirok etib, oʻz mahoratlarini yanada oshirish imkoniyatiga ega boʻlishdi.

13-yanvardan 3-fevralga qadar davom etgan dastur doirasida togʻ changʻisi va figurali uchish sport turlari boʻyicha jami 5 nafar yosh atletimiz qatnashdi.

Eʼtiborlisi, hamyurtlarimiz loyiha ishtirokchilari oʻrtasida oʻtkazilgan turnirda sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritishdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting