Yosh sportchilar ishtirokida antidoping yoʻnalishida seminar-trening tashkil etildi
O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi tomonidan Xorazm viloyati Urganch olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi va Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining yosh sportchilari ishtirokida seminar-trening tashkil etildi.
Trening davomida sportchi-o‘quvchilarga zamonaviy antidoping ta’limi bilan yaqindan tanishish bilan birga talim-uznada.uz elektron platformasidan foydalanish tartibi bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berilib, platformadagi mavzular tushuntirildi va natijada 119 nafar sportchilar sertifikat olishga erishdi.
Asosiy maqsad sportchilarda halol sport g‘oyasini chuqur singdirish, antidoping qoidalariga ongli yondashuvni shakllantirish hamda dopingga nisbatan murosasiz munosabatni kuchaytirishga qaratildi. Ushbu sa’y-harakatlar orqali yosh avlod ongida toza va adolatli sport muhitini qaror toptirish, mamlakat sportini dopingdan xoli rivojlantirish yo‘lida muhim zamin yaratilmoqda.