Yosh sambchilarimiz Rossiyadagi xalqaro turnirda umumjamoa hisobida uchinchi bo‘lishdi
Vakillarimiz 4 ta oltin va 1 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: SAMBO ASSOCIATION OF UZBEKISTAN
14-15 mart kunlari Rossiya Federatsiyasi Moskva viloyati, Mitishi shahrida sambo bo‘yicha xalqaro xotira turniri bo‘lib o‘tdi.
Xalqaro sambo federatsiyasi faxriy prezidenti M.I.Tixomirov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnirda O‘zbekistonlik o‘smirlar ham ishtirok etishgani haqida xabar bergandik.
Musobaqa yakuniga ko‘ra, vakillarimiz 4 ta oltin va 1 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.
Sovrindorlarimiz ro‘yxati:
Oltin:
-38 kg: Artyom Bezrukov
-42 kg: Stepan Zyablov
-50 kg: Akmal Azimov
+65 kg: Firdavsiy Lutfiddinov
Bronza:
-31 kg: Botir Abdug‘apparov.
Yigitlarimiz musobaqada umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni band etishdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist