Yosh sambchilarimiz Rossiyada o‘tkaziladigan xalqaro turnirga yo‘l olishdi
Bu haqda Sambo assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Самбо ассоциацияси
14-15 mart kunlari Rossiya Federatsiyasi, Moskva viloyati, Mitishi shahrida sambo bo‘yicha xalqaro xotira turniri o‘tkaziladi.
Xalqaro sambo federatsiyasi faxriy prezidenti M.I.Tixomirov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnirda o‘zbekistonlik o‘smirlar (2013-2016 yillarda tug‘ilgan sambchilar) ham ishtirok etishadi.
Vakillarimiz musobaqada quyidagi tarkibda qatnashadi:
-31 kg: Botir Abdugapparov
-38 kg: Artyom Bezrukov
-38 kg: Sadhon Hamidjonov
-38 kg: Avazbek Avazbekov
-42 kg: Radmir Xabiev
-42 kg: Stepan Zabilov
-50 kg: Bogdan Zanin
-50 kg: Akmal Azimov
+65 kg: Firdavsiy Lutfiddinov
Murabbiy: Roman Shakirov.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist