locale OZ

Yosh ogʻir atletikachilarimiz Osiyo chempionatini 51 ta medal bilan yakunlashdi

Bu haqda Milliy Olimpiya qo'mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yosh ogʻir atletikachilarimiz Osiyo chempionatini 51 ta medal bilan yakunlashdi
Фото: Olympic.uz


“Olimpiya shaharchasi” mezbonlik qilgan ogʻir atletika boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati oʻz yakuniga yetdi.

Musobaqaning soʻnggi kunida yigitlar oʻrtasida eng ogʻir vazn toifasida medallar oʻynaldi. Unda yoshlar oʻrtasida +110 kg vazn toifasida ishtirok etgan yurtdoshimiz Omadillo Olimov siltab koʻtarish va ikki kurash yoʻnalishlarda oltin medallarga egalik qildi.

Shu tariqa, 8 kun davom etgan bellashuvlarda oʻzbekistonlik yosh atletlar quyidagicha medallarni qoʻlga kiritishdi:

Yoshlar toifasida:
7 ta oltin
10 ta kumush
6 ta bronza
Jami: 23 ta

Oʻsmirlar toifasida:
6 ta oltin
8 ta kumush
14 ta bronza
Jami: 28 ta

Shuningdek, sportchilarimiz quyidagi 4 yoʻnalishda umumjamoa hisobida birinchi boʻlishdi:
— Yoshlar toifasidagi umumiy ochkolar jamgʻarish;
— Yosh qizlar toifasidagi ochkolar jamgʻarish;
— Oʻsmirlar toifasidagi umumiy ochkolar jamgʻarish;
— Oʻsmir yigitlar toifasidagi ochkolar jamgʻarish.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting